
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Serxio Busketsga shartnoma taklif qilishga tayyor, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
“Ko'k-anorranglilar” bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadigan 34 yoshli ispaniyalik Kataloniya jamoasini tark etishga qaror qildi.
Buskets faoliyatini aniq qaerda davom ettirishini hali hal qilmagan, biroq unga MLSdan ham taklif tushgan.
Joriy mavsumda futbolchi kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, "Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"da 2023 yil boshidan buyon to'p surmoqda.
Fikrlar 0