CIES Football Observatory guruhi jahon klublari qoshidagi akademiyalar tarbiyalanuvchilari transfer bahosini hisoblab chiqib, alohida reyting tuzdi.

Bunda har bir akademiyada kamida 3 yildan buyon shug'ullanayotgan 15-21 yoshli futbolchilar transfer summasi inobatga olingan. Natijalarga kelsak, 104 nafar tarbiyalanuvchisining umumiy bahosi 670 mln. evroga teng «Benfika» 1-o'ringa qo'yildi. Keyingi pog'ona «Chelsi»ga tegishli - 78 nafar tarbiyalanuvchi 630 mln. evroga baholandi.

Eng qimmatbaho tarbiyalanuvchilar guruhiga ega akademiyalar

1. «Benfika» - 670 mln. evro (104 nafar tarbiyalanuvchi)

2. «Chelsi» - 630 mln. evro (78 nafar tarbiyalanuvchi)

3. «Barselona» - 581 mln. evro (102 nafar tarbiyalanuvchi)

4. «Ayaks» - 555 mln. evro (114 nafar tarbiyalanuvchi)

5. «Manchester Siti» - 510 mln. evro (81 nafar tarbiyalanuvchi)

6. «PSJ» - 491 mln. evro (83 nafar tarbiyalanuvchi)

7. «San-Paulu» - 474 mln. evro (73 nafar tarbiyalanuvchi)

8. «Santos» - 444 mln. evro (61 nafar tarbiyalanuvchi)

9. «Flamengo» - 438 mln. evro (58 nafar tarbiyalanuvchi)

10. «Sporting» - 399 mln. evro (97 nafar tarbiyalanuvchi)

11. «Arsenal» - 399 mln. evro (79 nafar tarbiyalanuvchi)