“Barselona” hujumchisi Ansu Fati Evropa ligasi doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi javob o'yinidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bizda hammasi joyida, lekin "Manchester Yunayted"da ham. Bu qiyin o'yin bo'ladi. G'oya - bor kuchimizni berishdir. Maydonga bor ishtiyoq bilan chiqamiz. Biz "Barselona"miz va qo'rqmaymiz", - dedi Fati Mundo Deportivo bilan suhbatda.