"Barselona" yarim himoyachisi Ferran Torres transfer narxi haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi bir yil avval "Manchester Siti"dan 55 million evro evaziga "ko'k-anorranglilar" safiga ko'chib o'tgandi.

"Transfer narxim 55 million evromi? Men uchun ko'p pul to'lashlariga mening aybim yo'q. “Barselona” meni sotib olgani uchun shu erdaman. Xavi menga qo'ng'iroq qildi va ketishga ko'ndirdi. "Manchester Siti"ni tark etish oson bo'lmadi. Men hozir qaerda ekanligimni bilaman”, dedi futbolchi Ispaniyaning Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, "Barselona" yozda Torresdan qutulishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy mavsumda Ferran Ispaniya chempionatida atigi ikkita gol urdi.