Xavi bosh murabbiy bo'lgan davrda "Barselona" evrokuboklardagi o'yinlarning 25 foizida g'alaba qozongan.

Kataloniyaliklar bugun Evropa ligasida “Manchester Yunayted”dan mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi (1:2) va turnirni tark etishdi.

Ispaniyalik mutaxassis 2021 yilning noyabridan beri "blaugrana"ni boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida klub Chempionlar ligasida 2 g'alaba, 2 durang va 4 mag'lubiyat, Evropa ligasida 2 g'alaba, 4 durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan.