
Kataloniyalik hakam Estrada Fernandes Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF)ning hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyra ustidan sudga murojaat qildi, deb xabar beradi Sport.es.
Avvalroq, Enrikes Negreyra 1993-2018 yillar oralig'ida o'zining Dasnil 95 SL kompaniyasi orqali «Barselona»dan 7 million evroga yaqin mablag' olgani xabar qilingandi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Texnik qo'mitasining sobiq vitse-prezidenti 2018 yilning may oyida o'z lavozimidan ozod etilgan edi.
Fernandes esa bu ishlardan maqsad «Barselona» uchun qulay sharoitlarni ta'minlash, deb hisoblaydi, shuning uchun u Negreyrani sudga berdi.
Fikrlar 0