Ispan nashrlari Markus Tyuramning agentlari hujumchi uchun klub topish ustida faol ish olib borishayotgani haqida yozishmoqda. Xususan, frantsiyalik futbolchini “Barselona”ga taklif qilishgan.

Ilgari futbolchi bir nechta top-klublar bilan bog'langan. Tyuramga asosiy da'vogarlar "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Atletiko Madrid".

Bu mavsumda to'purar o'n bitta gol urdi. Bu Bundesligadagi to'rtinchi natijadir.