"Ushbu mavsumdagi eng og'riqli holat - EChLdan chiqib ketganimiz bo'ldi. Evropa ligasidan ham chiqib ketganimiz juda alam qildi, biroq biz Ispaniya chempionati va kubogida g'oliblik uchun kurashni davom ettiryapmiz, demak, sovrinlar yutish imkoniyatimiz bor. Yutqazish yoqimsiz, ammo biz kurashdan chiqmadik.

"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlardagi omadsizliklar keyingi o'yinlarda jamoaga ta'sir qilmasligi uchun harakat qilaman. "Santyago Bernabeu"dagi mag'lubiyatdan keyin LaLigada yaxshi pozitsiyaga chiqib olganimizni tushunishimiz kerak", - dedi mutaxassis.