
"Barselona" "Negreyra ishi" tufayli maxsus matbuot anjumani tashkil qilmoqchi, deb xabar beradi Mundo Deportivo nashri.
Klub hakamlarga pora berganlikda ayblanmoqda. OAVda 2016 yildan 2018 yilgacha kataloniyaliklar Xose Mariya Enrikes Negreyraga tegishli bo'lgan DASNIL 95 kompaniyasiga umumiy qiymati 1,4 million evroni o'tkazgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. O'shanda u Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) texnik hakamlar qo'mitasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan.
"Barselona" omma oldida o'z obro'sini himoya qilmoqchi va jurnalistlarga klub hakamlarni pora berishga aloqasi yo'qligini tushuntirmoqchi.
Fikrlar 0