[b]"Barselona" klubi sobiq futbolchisi Xaver Maskerano Argentinaga qaytishga yaqin. Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra,"Estudiantes"klubi 35 yoshli argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatida. Klub prezidentiXuan Sebastyan Veronallaqachon Maskerano bilan uchrashib, uni kelasi mavsum Argentinaga qaytishga ko'ndirgan. Eslatib o'tamiz, Maskerano ayni vaqtda Xitoyning"Xebay CHayna Forchun"klubi sharafini himoya qilmoqda. Uning Xitoy klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yil yakuniga qadar amal qiladi.[/b]