
"Barselona" vingeri Usmon Dembele Frantsiyaning "Evre" klubini molyaviy tomondan qo'llab-quvvatladi. Usmon u erda 13 yoshigacha shug'ullangan.
RMC Sport nashrining xabar berishicha, Dembele “Evra” klubiga taxminan 100 ming evro bergan. Klub ayni damda moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda.
“Evre” rahbarlari Usmon Dembelega saxiyligi uchun minnatdorchilik bildirishgan. Aytish joizki, Dembele klubga birinchi marta yordam berayotgani yo'q.
2022/2023 yilgi mavsumda Usmon Dembele 28 ta o'yin o'tkazdi. Ularda 25 yoshli frantsiyalik futbolchi sakkizta gol urdi va sheriklariga ettita golli uzatma berdi.
Fikrlar 0