Yozgi transfer oynasida "PSJ" himoya chizig'ini yangilamoqchi. Liga 1 grandi Serxio Ramos va Markinosning yoshini hisobga olgan holda yosh himoyachilar bilan shartnoma imzolamoqchi.

Fichajes'ning xabariga ko'ra, parijliklar ideal nomzod sifatida “Barselona”dan Ronald Arauxoni ko'rishmoqda. Manbaga ko'ra, "PSJ" 23 yoshli urugvaylik futbolchi uchun 90 million evro to'lashga tayyor.

Umuman olganda, Ronald Arauxo "Barselona" asosiy jamoasida 101 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularda himoyachi ettita gol urdi va sheriklariga ikkita samarali uzatma berdi.