Bu ma'lumotni klub ham tasdiqladi. Polshalik La Liga 23-turidagi "Almeriya"ga qarshi uchrashuvni (0:1) og'riq bilan yakunlagan.
Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, Robert 2 haftaga safdan chiqqan.
Natijada, forvard Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida "Real"ga qarshi uchrashuvni (2 mart) o'tkazib yuboradi. U La Liga doirasidagi "Klasiko"ga qaytishi mumkin – bahs 19 martga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, 5 mart sanasida La Liga navbatdagi turi doirasida "Barsa" "Valensiya"ni qabul qiladi, 12 mart kuni esa "Atletik" bilan ro'baro keladi.
Ushbu mavsum La Liganing 20 ta o'yinida Levandovski 15 ta gol urdi va 5 ta samarali uzatma etkazib berdi.
Fikrlar 0