Jamoalar Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida to'qnash kelishadi.

- "Klassiko"ga tayyorgarlik qanday kechmoqda?

- Bunday o'yin bosimiga dosh berish uchun iroda kerak. Bunday o'yinlarda ishtirok etish juda yoqimli va hayajonli. Biz finalga yaqinmiz, qo'ldan kelgan barcha ishni bajaramiz.

- Superkubokda 1:3 hisobda mag'lubiyat bo'lgan.

- Hammasini tahlil qildik. O'shanda ba'zi xatolar bo'lgan, endi takrorlanmaydi. Bu hal qiluvchi bahs emas, ammo ustunlik bizda bo'lishini xohlaymiz.

- Bu "Negreyra ishi"dan keyingi birinchi "Klassiko".

- Avval aytganimdek, endi futbolda korruptsiya yo'q. O'yinni kim boshqarishini bilmayman, ammo ertaga u bor kuchi bilan o'z ishini bajarishga harakat qiladi.

Superkubokdagi mag'lubiyat uchun revansh olish niyatimiz yo'q. Ammo ikki jamoa sovringa yaqin, harorat oshib boryapti. Faqat shu sababli" - deydi "Real" bosh murabbiyi.