"Aston Villa" "Barselona" direktori Mateu Alemaniga hozirgi maoshidan 2 barobar ko'p summa taklif qildi. Funktsioner bu taklifni rad etdi, deb xabar berdi "Marca".

"Sherlar" Alemani klub sport loyihasini boshqarishini xohladi, ammo ispaniyalik bu taklifga qiziqmadi. U "Barselona"da ishlashda davom etish niyatida.