"Barselona" ustozi Xavi Ernandes "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) jamoasi himoyachisi Ronald Arauxoni maqtadi.

Madridliklarning “Santyago Bernabeu”ga uyushtirilgan daxshatli hujumini “ko'k-anorranglilar” himoyasi to'xtatib, darvozaga birorta ham zarba berishga imkon bermadi.

“Arauxo ajoyib futbolchi, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri. Bugun barcha himoyachilar juda yaxshi o'ynashdi" - dedi kataloniyalik murabbiy matbuot anjumanida.

Arauxoning Vinisius Junior bilan dueli haqidagi savolga ham javob berdi: "Odatda Vinisius har bir o'yinda olti yoki etti golli vaziyatlar yaratadi, ammo bugun u har qanday narsa yarata olmadi. Uni zararsizlantirish uchun qilgan mehnatimizni past baholamasligimiz kerak".