
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes yozda "Milan"dan tekinga o'tgandan so'ng jamoada debyut mavsumini o'tkazayotgan yarim himoyachi Frank Kesseni borligidan juda xursand.
"Bizda Kesse borligidan juda xursandmiz, chunki u bizga ko'p fazilatlarni beradi. Frank doimiy ravishda jamoa uchun ishlaydi. U mavsumning birinchi qismida sabr qildi va hozir u o'yindan rohat olmoqda", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, kelasi yozda Milanning "Inter" klubi o'zining 30 yoshli yarim himoyachisi Marselo Brozovichni "Barselona"ni taklif qilib, Kesseni A Seriyaga qaytarmoqchi.
Fikrlar 0