"Barselona" futbolchisi Ferran Torres "Valensiya"ga qarshi o'yinda penaltidan foydalana olmadi.

Bu o'yinning 55-daqiqasida ro'y berdi, ispaniyalik futbolchi 11 metrli jarima zarbasini noaniq amalga oshirdi.

Bundan tashqari, himoyachi Ronald Arauxo 4 daqiqadan so'ng Ugo Duroga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.

Uchrashuvni Xaver Alberola Roxas boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bormoqda.