«Valensiya» bosh murabbiyi Ruben Baraxa Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida bo'lib o'tgan o'yindagi hakamlik borasida fikr bildirdi. Bahsning 86-daqiqasida yarim himoyachi Fransisko Peres kataloniyaliklar yarim himoyachisi Frank Kessie bilan to'qnashuv natijasida raqib jarima maydoni ichida yiqildi. Ammo hakam Xaver Roxas ushbu vaziyat videotakrorini ko'rmadi. «Bu erda nimadir ro'y bergani ko'rinib turgandi. Nima uchun hakam videotakrorni tomosha qilmadi?», – dedi «Valensiya» ustozi.