"El Pais" xabariga ko'ra, Ispaniya Prokuraturasi "Negreyra ishi" bo'yicha klub ustidan sudga arz qiladi. Kataloniya klubi 2016-2018 yillar davomida Ispaniya hakamlar qo'mitasi vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyraga 1,4 mln evro miqdorida pul o'tkazib bergan. Keyinchalik aniqlanishicha, 2001 yildan buyon klubdagilar Negreyraga 6,66 mln evro to'lagani ma'lum bo'ldi.

Prokuratura "Barselona"ni nafaqat biznesdagi korruptsiya, balki, sportdagi qalloblik bilan ham ayblamoqda. Tergovlar natijasida klubning bir qancha korruptsion holatlari aniqlangan. O'sha davr mobaynida klub Negreyraga hatto naqd pullar ham bergan.

Bu uzoq vaqt davom etgani uchun "Barselona"ni og'ir jazo kutayotgan bo'lishi ham mumkin. Tergovlar may oyigacha davom etadi.