
Niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong "Barselona" uchun mavsumni muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin bo'lgan holat haqida gapirdi.
"Agar biz uchta musobaqada g'alaba qozona olsak, shuningdek, "Real" va "Atletiko"ni mag'lub eta olsak, bu mavsum muvaffaqiyatli bo'ladi. Evropaga kelsak, "Barselona" u erda ancha yaxshi o'ynashi kerak. Biz Chempionlar ligasida yaxshiroq o'ynashimiz kerak, ammo oxirgi ikki mavsum bu musobaqada biz uchun dahshatli bo'ldi. Natija keyingi yil yaxshiroq bo'ladi", - deli De Yong La Vanguardia bilan suhbatda.
"Barselona" "Manchester Yunayted"ga umumiy hisobda mag'lub bo'lib, ELni tark etdi. La Ligada Xavi Ernandes shogirdlari "Real"dan 9 ochkoga oldinda.
Fikrlar 0