
"Barselona" yarim himoyachisi Frank Kesse yangi jamoaga moslashish davri haqida gapirdi. Kot-d'Ivuarlik futbolchi "ko'k-anorranglilar" tarkibida bir necha oydan beri o'ynamoqda. Yarim himoyachi o'tgan yozda erkin agent sifatida jamoaga kelib qo'shilgandi.
"Barselona"ga ko'chib o'tganimdan keyin men uchun qiyin bo'ldi, yangi tilni o'rganishim, yangi mamlakatga, yangi mentalitetga ko'nikishim kerak edi. Aytganimdek, "Barselona"dek yirik klubda o'ynash juda qiyin", - dedi Kesse Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Oldinroq Kesse kelasi yozda A Seriyaga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Yarim himoyachining transferiga Italiya vitse-chempioni "Inter" qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar 0