«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoaning markaziy hujumchisi Robert Levandovski haqida gapirdi.

Mutaxassis polshalik hujumchini «ko'k-anorranglilar» afsonalari – Lionel Messi va Ronaldino bilan solishtirdi.

«Biz futbol haqida ko'p gaplashamiz. Men Robertni Lionel Messi va Ronaldino kabi futbolchilar bilan solishtiraman.

Levandovski yakka o'zi jamoaning mentalitetini o'zgartirdi», - dedi Xavi.

34 yoshli hujumchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 20 ta o'yinda maydonga tushdi. Levandovski hisobida 15 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.