"Chelsi" va "Nyukasl" klublari "Barselona" vingeri Rafinyani sotib olmoqchi, deb xabar berdi Sport.es. 

Braziliyalik futbolchi Kataloniya klubiga o'tgan ilk davrida tanqid ostida edi. Ammo Rafinya asta-sekin moslashib ketib, samarali o'ynay boshladi. U jarohatdagi Usmon Dembelening yo'ligini sezdirmayapti.

"Ko'k-anorranglilar"ning moliyaviy qiyinchiliklarini inobatga olsak, Rafinyani sotish mumkin. Alohida aytish joiz, "Barselona" u uchun "Lids"ga 58 million evro to'lagan. "Chelsi" va "Nyukasl" ko'rsatilganidan ancha yuqori bo'lgan miqdorni inobatga olishi lozim.