"Manchester Yunayted"ning hujumkor yarim himoyachisi Jedon Sancho Angliya Premer-ligasidan Ispaniya La ligasiga o'tishi mumkin, deya xabar beradi Todofichajes.

22 yoshli futbolchining transferiga bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga da'vogarlar orasida "Real Madrid", "Barselona", "Atletiko Madrid" va "Betis" klublari bor.

Jeydon potentsial xaridorga 60 million evroga tushishi mumkin. Yarim himoyachining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Sancho joriy mavsumda Premer-ligada 14 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.