"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo "Real"ga qarshi o'yin oldidan o'zining holati haqida gapirdi.

“Diskvalifikatsiya menga yordam berdi, chunki men qo'shimcha dam oldim va avval boshdan kechirgan noqulaylikdan xalos bo'ldim.

"Real Madrid" bilan qanotda o'ynashga tayyormanmi? Menimcha, ha. Ammo murabbiy meni qaysi pozitsiyada o'ynatishini hali bilmayman", - dedi Arauxo Movistar nashriga bergan intervyusida.