- Menimcha imkoniyatlar teng. Balki bizda yaxshiroqdir ham. Chunki "Barselona" o'z maydonida o'ynaydi.

- "Real"ni ham 1:0 hisobida mag'lub etishga rozimisiz?

- 1:0 hisobining nimasi sizlarga yoqmayapti? Tanlov imkoniyati bo'lganida 4:0 yoki 5:4dan ko'ra 1:0ni tanlagan bo'lardim. Raqib yaxshi himoyalanadi, gol urish oson bo'lmaydi. Futbol o'ynamaganlar raqibning darajasini tushunishmaydi.

1:0 hisobidagi g'alaba - fantastik, mo''jizaviy hisob. Muammo nimada?, - deb javob berdi.

Ushbu mavsumda Xavi qo'l ostidagi jamoa 9 o'yinda 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bu klubning rekordi hisoblanadi.