"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Gaviga bo'layotgan tanqidlariga munosabat bildirdi.

Mutaxassis kataloniyalik yarim himoyachining haddan tashqari tajovuzkor o'yin ko'rsatayotgani haqida gapirdi. 18 yoshli futbolchi joriy mavsumda 5 ta sariq kartochka oldi.

“U qassobdek o'ynaydi, deyishadi. Tanqid qaerdan kelganini tushunaman.

Biz qilayotgan narsa o'yinchini himoya qilish, shunda u diqqatini jamlaydi. U maydonda borini beradi, lekin hech qachon yomon niyatda harakat qilmaydi”, - deydi Xavi.