“Dominanatlik qildik, ko'proq imkoniyatlar yaratdik. Bundan qoniqdim. Jamoa borini berdi, himoyada ham, hujumda ham astoydil harakat qildik. G'alaba biz uchun juda muhim. O'ylashimcha, yaxshi o'ynadik.

Bizda ko'proq imkoniyatlar bo'ldi, o'yin nazorati biz tomonda edi. Raqib yuqori pressingda yaxshi harakat qildi. “Real”ni bekor qilingan goli yuzaga kelishi bizning xatomiz natijasidir. Ammo umumiy olib qarasak, raqibdan ustun edik”, deydi Xavi.