
Ispaniya chempionatining 26-turida "Barselona" o'z maydonida "Real"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.Kataloniyaliklar uchun mazkur g'alaba "el-klasiko" tarixidagi rasmiy o'yinlar doirasidagi 100-g'alaba bo'ldi. Madridliklar hisobida esa 101 g'alaba mavjud. Tomonlar o'rtasidagi 52 o'yinda durang qayd etilgan.5 aprel kuni ushbu jamoalar Ispaniya kubogi yarim final bosqichi javob o'yini doirasida "Kamp Nou"da yana bir marta to'qnash kelishadi. Bu o'yin mavsumdagi beshinchi "klasiko" bo'ladi.
Fikrlar 0