«Barselona» Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida «Real»ni mag'lub etdi (2:1). 91-daqiqa 2-sekundda g'alaba golini kataloniyalik yarim himoyachi Frank Kessie kiritdi.

Shu tariqa, bu gol Ispaniya chempionatida 2017 yilning aprel oyidan beri hisoblaganda «klasikolar»dagi eng kech gol bo'ldi.

O'shanda Lionel Messi 91-daqiqa va 48-sekundda gol urgan. O'shanda «Barsa» raqibini 3:2 hisobida enggan.