«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo «PSJ» hujumchisi Lionel Messining Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Men uning qaytishini istardim. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi va bu uning uyi. Uning qaytishi, ayniqsa, Chempionlar ligasida g'alaba qozonishga yordam beradi.

Umid qilamanki, biz uni qaytarishning yo'lini topamiz. Biz hammamiz uning atrofida bo'lishini xohlaymiz», - deya Arauxodan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano o'zining Tvitter sahifasida.