
Mish-mishlar "Barselona" vingeri Usmon Dembeleni Angliya Premer-ligasiga o'tishi bilan bog'lashda davom etmoqda. CalcioMercato xabariga ko'ra, 25 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Chelsi" va "Nyukasl" da'vogarlik qilmoqda.
Oldinroq "Manchester Yunayted"dan Usmon Dembelega qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Usmon Dembelening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. 2022/2023-yilgi mavsumda frantsiyalik futbolchi klub safida 28 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0