
"Real"ga urilgan g'alaba goli yarim himoyachi Frank Kessening "Barselona"dagi kelajagiga ta'sir qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, klub rahbariyati va murabbiylar shtabi 92-daqiqada ivuarlik futbolchining samarali harakatlaridan juda mamnun bo'lgan va endi ular keyingi yozda bunday futbolchining xizmatlaridan voz kechish zarurligiga ishonchlari komil emas.
So'nggi paytlarda "Barselona" Kesse La Ligada o'ynashga moslasha olmagani uchun undan qutulmoqchi, degan mish-mishlar tarqaldi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi "Inter"da Marselo Brozovichga almashtirilishi mumkin.
Fikrlar 0