Yozgi transfer oynasida «Atletiko Madrid» hujumchisi Alvaro Morata katta ehtimol bilan klubini o'zgartiradi.

30 yoshli futbolchining xizmatlariga ikki gigant – «Barselona» va «Yuventus» qiziqish bildirayotgan edi.

TodoFichajesga ma'lum bo'lishicha, Morata Turinga qaytishni afzal ko'rgan. Hujumchi «keksa senora» safida uning roli muhimroq bo'lishi va «Barselona»da u Robert Levandovski uchun shunchaki yordamchi bo'lib qolishini tushunadi.

«Yuventus» Alvaro Moratani 20 million evro yoki biroz ko'proq mablag' evaziga sotib olishi mumkin.

Turinliklarda moliyaviy muammolar yuzaga kelmasligi kutilyapti, chunki klub Dushan Vlaxovichni qimmatga sotishi mumkin.