"Real" yarim himoyachisi Daniel Sebalosning fikricha, hakam "Barselona" yarim himoyachisi Gavini 26-tur doirasida "Qirollik klubi"ga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatishi kerak edi.

“Aniq qizil kartochka. Balki hakam uni maydondan chetlatmagandir, chunki men tezda o'rnimdan turdim" - dedi Sebalos.

Gavi Sebalosga tanasi bilan qo'pollik qilib, maydon markazida to'psiz qolganda uni yiqitdi.

"Real Madrid" buni sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlar deb hisobladi. "Barselona" "Real"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.