
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta "ko'k-anorraglilar" bilan bog'liq korruptsiya mojarosiga javob berdi.
“Hozir tergov davom etmoqda, natijada hammasi oydinlashadi. Shaxsan men “Barselona” hakamlarga pora bermaganiga ishonchim komil. Men jamoada o'ynagan vaqtim davomida hech qanday g'alati narsani sezmadim. Menimcha, bunga hech kim ishonmaydi", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi RAC1.
Fikrlar 0