Argentiniyalikning parijliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi, ammo tomonlar hali ham uni uzaytirish borasida kelishuvga erishmagan. Shu tufayli, PSJ Messiga o'rinbosar izlashni boshlab yuborgan. Birinchi nomzod sifatida "Milan" futbolchisi Rafael Leau ko'rilmoqda.

Portugaliyalikni qo'lga kiritish uchun PSJ 150 mln evro sarflashiga to'g'ri keladi — aynan shunday summa futbolchining "Milan" bilan shartnomasida ko'rsatilgan.