"Barselona" prezidenti Joan Laporta "PSJ" hujumchisi Lionel Messining yozda Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Messi "Barselona" eshiklari uning uchun doim ochiqligini biladi. Men Messi va "Barselona" o'rtasidagi hozirgi munosabatlarni yaxshilash yo'lini topishim kerak" - dedi Laporta.

Eslatib o'tamiz, "PSJ" va Messi o'rtasidagi shartnoma shu yilning yozida yakunlanadi.