"Barselona" qanot himoyachisi Alexandro Balde bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Diario Sport xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 20 yoshli futbolchiga eng kamida 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qiladi. U shartnomaga ko'ra, Baldening tovon puli 1 milliard evroga ko'tariladi.

Hozircha kelishuvga kataloniyaliklardagi moliyaviy muammolar to'sqinlik qilmoqda. Klub futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan bu masalani echish ustida ish olib bormoqda.