
"Barselona" yozda markaziy himoyachi Samuel Umtitidan qutulishi mumkinligiga ishonmoqda. Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyaning "Lechche" jamoasida ijara asosida o'ynamoqda.
Sport nashri xabariga ko'ra, "Barselona" Umtitining rivojlanayotganiga va bu orqali undan doimiy ravishda qutulishga yordam berishiga ishonmoqda. Oldinroq frantsiyalik futbolchining o'zi ham klubga qaytib, yana bir imkoniyat qo'lga kiritishni istashi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Umtiti "Barselona"ga 2016 yilning yozida kelgandi. Dastlab himoyachi Kataloniya jamoasida asosiy o'yinchi bo'lgan, biroq tizzasidan olgan jarohatidan so'ng “Kamp Nou”dagi faoliyati muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Fikrlar 0