Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi 20 yoshli futbolchini hamon qadrlaydi, ammo moliyaviy qiyinchiliklar tufayli "Barsa" uni sotishga majbur. Bu, ayniqsa, agar ular Frenki de Yongni sota olishmasa, amalga oshiriladi.

Fatining 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasida tovon puli 1 milliard evroni tashkil etadi. Joriy mavsumda u "Barselona" safida 38 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.