
"Barselona" jamoani 1937 yilgi Ispaniya chempioni deb tan olish uchun Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF) murojaat qilmoqchi.
1936 yildan 1939 yilgacha bo'lgan davrda Ispaniya fuqarolar urushi tufayli RFEF faoliyati to'xtatildi, ammo futbol musobaqalari to'xtamadi: bir nechta kubok musobaqalari va O'rta er dengizi ligasi tashkil etildi, bu norasmiy ravishda La Liga o'rnini bosdi.
"Barselona" 1937 yilda O'rta er dengizi ligasida g'olib chiqdi, ammo bu RFEF turniri emas edi, shuning uchun bu unvon ularning 26 liga chempionligiga qo'shilmagan. 2009 yilda "Barselona" bu masalani ko'targan edi, ammo rad etilgan.
Fikrlar 0