
«Barselona» UEFAga murojaat qilib, agar klubga nisbatan sanktsiya qo'llanilsa, qanday ish tutishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Agar kataloniyaliklar sud qarori e'lon qilinmasidan avval Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasidan mahrum qilinadigan bo'lsa, buning uchun tovon puli talab qiladi. «Barsa» ushbu zararni 100 million evroga baholamoqda.Eslatib o'tamiz, «Negreyra ishi» tufayli UEFA hozirda "Barsa"ga nisbatan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Jamoaning aybi isbotlansa, klub bir yilga evrokuboklardan chetlatilishi mumkin.
Fikrlar 0