O'ng qanot himoyachisi Serjino Dest "Vest Xem"ga o'tishi mumkin.

22 yoshli futbolchi hozirda "Milan"da ijara asosida o'ynamoqda va uning transfer huquqlari "Barselona"ga tegishli. "Rossonerilar" Destni sotib olmoqchi emas, shuning uchun uni yozgi transfer oynasida boshqa klubga sotish ehtimoli bor. Fichajes nashrining ma'lumotlariga ko'ra, unga da'vogarlar qatoriga “Vest Xem” ham qo'shilgan. Kataloniya grandi joriy mavsum yakunlanganidan keyin amerikalik uchun takliflarni mamnuniyat bilan tinglaydi.

Transfermarkt ekspertlari Serjino Destni 12 million evroga baholagan. Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan.