"Gaviga qarshi kampaniya haqida hech narsa bilmayman. U ehtirosli, juda dadil futbolchi. Menimcha, muammo Gavining "Barsa" futbolchisi ekanligidan chiqyapti. Agar u boshqa klubda o'ynasa, bu fazilat sifatida qabul qilingan bo'lardi.Ayni paytda u Ispaniyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri va shubhasiz, dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri", — dedi Xavi.