«Barselona» Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga kelasi mavsumni boshqa stadionda o'tkazishi haqida ma'lumot berdi. Jamoa keyingi mavsumni "Olimpiya" stadionida o'tkazishi kutilmoqda. Ushbu arena o'z bag'riga 56 ming tomoshabinni sig'diradi. Jamoa bu stadionda deyarli bir yarim yil davomida — 2024 yilning noyab oyiga qadar o'ynaydi. «Kamp Nou» esa mavsum yakunlaganidan keyin rekonstruktsiya uchun yopiladi.