«Barselona» 27 turda 71 ochko to'pladi - bu La Liga tarixidagi eng yaxshi natijalardan biri.

Xavi shogirdlari «Elche» ustidan qozonilgan yirik g'alabadan keyin (4:0) Ispaniya chempionatida peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Liganing dastlabki 27 o'yinidagi 71 ochko - liga tarixidagi ikkinchi eng yaxshi ko'rsatkich. 2012/13 yilgi mavsumda «Barselona» va 2011/12 yilgi mavsumda «Real» xuddi shunday ko'rsatkichlarga ega edi.

«Barselona» 2010/11 yilgi mavsumda shuncha bahsdan so'ng 74 ochko to'plagan.