«Barselona»ning etakchi futbolchilari jarohat olganiga qaramay, «Elche» ustidan qozonilgan g'alaba (4:0) Xavini xursand qildi.

Usmon Dembele, Pedri, Andreas Kristensen, Frenki de Yong La Liganing 27-turida maydonga tusha olishmadi. Rafinya diskvalifikatsiya tufayli o'yinni o'tkazib yubordi.

«Men xursandman. Bugungi o'yinga tarkibni yig'ish uchun tez-tez o'ynamaydiganlardan foydalanishga majbur bo'ldik va ular juda yuqori darajadagi futbol ko'rsatishdi. Bu haqiqiy jamoa.

Chempionlik uchun muhim qadam tashladik va juda yaxshi g'alabaga erishdik. Men jamoadan juda mamnunman», – dedi Xavi.