Pedri endigina 20 yoshda, lekin u "Barsa"dagi uchinchi mavsumini o'tkazmoqda va hozirda ularning asosiy o'yinchilaridan biri. Uchrashuvdagi o'rtacha ballga ko'ra, ispaniyalik butun La Ligada to'rtinchi va klubning eng yaxshi futbolchisi.

Joriy mavsumda Pedri 6 ta gol urdi, lekin bundan ham muhimi, u Evropada eng ko'p gol oldidan golli uzatma bergan (hatto Messida ham kamroq).

Pedridan mukammal o'yinchi haqida so'rashganida, u quyidagi futbolchilarni o'ziga xos jihatlarini birlashtirdi:

• Mbappening tezligi;

• Iniestaning o'ng oyog'i;

• Messining chap oyog'i;

• Ronaldinoning driblingi;

• Puyolning etakchilik fazilatlari;

• Xavining uzatmalarining aniqligi;

• Messining zarbasi.